Tezijara
Yangiliklar · 25-noyabr, 2026

🏘 Uy sotib olişdan oldin quriliş hujjatlarini tekşiring: endi bu ma’lumotlar my.gov.uz’da!

Yagona portalda quriliş sohasiga oid yangi va juda muhim xizmat işga tuşirildi (https://my.gov.uz/uz/service/1550). 🗣️ Endilikda yurtdoşlarimiz respublika hududida qurilişi yakunlangan hamda hozirda qurilayotgan obyektlar haqidagi oçiq ma’lumotlar bilan uydan çiqmay turib tanişişlari mumkin. 💻 Xizmat köp qavatli turar-joylar, yakka tartibdagi uylar, madaniyat, san’at va turizm kabi 30 dan ortiq yönalişdagi obyektlarni qamrab oladi.  ❔ Portal orqali nimalarni biliş mumkin? ✅Obyektning nomi, aniq manzili, toifasi va foydalanişga topşiriş muddati; ✅Qavatlar va xonadonlar soni, umumiy maydoni hamda loyiha qiymati; ✅Buyurtmaçi, loyihaçi va pudratçi taşkilotlar töğrisidagi aniq ma’lumotlar. 🗂️ Ma’lumotlarni köriş bilan birga, obyektning qonuniyligini tasdiqlovçi quyidagi hujjatlarni yuklab oliş imkoniyati ham yaratilgan: ⏺️ Arxitektura-şaharsozlik kengaşi xulosasi; ⏺️ Ekspertiza xulosasi; ⏺️ Quriliş-montaj işlarini boşlaş uçun berilgan ruxsatnoma. 🔎 Mazkur xizmat, ayniqsa, uluş kiritiş asosida yangi qurilayotgan köp qavatli uylardan xonadon xarid qilayotgan fuqarolarimiz uçun işonçli himoya vositasidir. Endi mablağ kiritişdan oldin qurilişning barça ruxsatnomalari va muddatlarini bir neça soniyada özingiz tekşirib körişingiz mumkin.

Manba: https://my.gov.uz/uz/service/1550

🏘 Uy sotib olişdan oldin quriliş hujjatlarini tekşiring: endi bu ma’lumotlar my.gov.uz’da! — Tezijara